Tush ko’rayotgan inson ertalab soat jarangidan uyg’onganda bir zumlik hayratni his qiladi. U tushida his etgan baxtlilik yoki g’am, totib ko’rgan taomi yoki hidlagan islari shu darajada haqiqiyki, u birmuncha vaqt tushning ta’sirida bo’ladi.
Butun tarix davomida ko’plab faylasuflar tushning asil tabiati, tushlar olami va bu dunyo hayoti orasidagi munosabatni bilishga intilganlar. Bu borada nemis faylasufi quyidagilarni aytgan:
Biz hozir uyg’oqmizmi yoki tush ko’ryapmizmi? Shubhasiz bu o’rinli savol. Aslida biz shunday tush holatlarida bo’lganmizki, unda bu savol berilganda, biz uyg’oqmiz degan javob berganmiz, lekin keyinroq anglaganmizki… (Hans Reykenbax, Ilmiy falsafaning o’sishi, 179-bet)
Dekart bu sohada quyidagi fikrni bildirgan:
Men u yoki bu ishni qilayotganimni, u yoki bu joyga borayotganimni tush ko’raman; biroq men uyg’onganimda hech narsa qilmaganim, hech qayerga bormaganimni, aksincha bir joyda tinch yotganimni anglayman. Men hozir tush ko’rmayotganimga, hattoki, butun hayotimning tush emasligiga kim kafolat bera oladi? Bulardan xulosa qilib aytganda, men yashayotgan dunyoning haqiqatligi butun bir bahsli sabab bo’luvchi masaladir. (Masit Gokberg, Falsafa tarixi, 263-bet)
Aslida esa, tushlar olami va bu dunyo hayotining muhim umumiy jihati mavjud. Bu jihatni tushunish uchun quyidagi misolni keltiramiz: Faraz qilaylik siz o’zingiz haqingizda tush ko’rganda, “Qayerda ko’rding?” degan savolga “Miyamda ko’rdim” degan javobni berasiz. Vaholanki, tushingizda bu javobnu berganingizda, hech qanday haqiqiy miyani o’zi bo’lmaydi. Tushdagi tana yoki miya butunlay xayoliy tasvirdan iborat. Tushdagi tasvirlarni ko’radigan ong – miyadan “tashqarida” bo’lgan narsadir.
Tushingizda berishingiz mumkin bo’lgan javob, “Qayerda ko’rding?” degan savolga bu dunyo hayotida berilgan javobdir. Ma’lumki hamma narsani “ko’z” ko’rmaydi, balki barcha tasvirlar miyada shakllanadi. Ko’zlar va ularga bog’langan millionlab asab hujayralarning yagona vazifasi – ko’rish jarayoni bajarilishi uchun kerak bo’lgan signalni miyaga uzatishdir. O’rta maktabda o’tilgan darsni eslaylik; obyektdan kelayotgan nur ko’zning old qismida joylashgan linzalardan utadi va tasvir ko’zning orqa qismida aks topadi, retina (ko’zning to’rli qavati) ga tushgan tasvirlar elektrik signallarga aylantiriladi va miyaning ko’rish po’stiga uzatiladi, hamda miya bu signallarni uch o’lchovli, tushunarli tasvirlarga aylantiriladi. Ushbu ma’lumotdan ham bilish mumkinki, ko’rayotgan ko’z emas, biroq shubhasiz suv, oqsil va yog’ hujayralaridan tashkil topgan bir parcha go’sht ko’radi deb aytish ham judayam noto’g’ri bo’ladi. Bundan ravshan bo’ladiki, biz miya deb ataydigan bir parcha go’sht ongni yoki qisqacha aytganda atrofdagi tasvirlarni ko’ruvchi va tushunuvchi “men” deb ataladigan mavjudotni hosil qiluvchi xususiyatga ega emas. Biroq, uning miyasida yorug’ va rang-barang dunyoni ko’ruvchi, qushlarning sayrashi va yoqimli kuyni eshituvchi, atirgullar atrini hidlovchi kimdir bor.
Shunday qilib hamma sezgilarni ko’z, quloq yoki burunsiz his qiluvchi ong kimga tegishli?
Savol qilib quyilayotgan ong bu shubhasiz Alloh tomonidan yaratilgan ruhdir. Ruh tasvirlarni ko’rish uchun ko’zga, tovushlarni eshitsh uchun quloqqa muhtoj emas. Shuningdek, o’ylash uchun miyaga muhtoj emas.
O’z miyasining kichik qismida,qorong’i joyida uch o’lchovli, rang-barang, xira yoki yo’rug’ Olamning nusxasinigina anglashi aniq ilmiy haqiqat ekanini tushungan har bir inson, nima qilishidan qat’iy nazar ko’rilgan narsalarning nusxalarinigina ko’rishini anglaydi va Qodir Allohning cheksiz qudratiga tan beradi, Unga chuqur muhabbat va hurmat bilan bo’ysunadi, Unga yuzlanadi va Undan yordam so’raydi.
O’lim vaqtida ong o’tkirlashadi
Yuqoridagi ma’lumotga asosan, aytish mumkinki, “biz ko’ryapmiz” deb aytayotgan narsalarning aslini hech qachon ko’ra olmaymiz. Biz faqat moddiy dunyoning tasvirini ko’ra olamiz. Bu dunyo hayoti inson ruhi tomonidan anglanayotgan narsalarning tasviridan iborat hamda ular insonlarni sinash va Qiyomat kunida javob beradigan amallar qilishlari uchun yaratilgan. Inson buni o’lim chog’ida juda yaxshi tushunadi. Shuning uchun inson miyasida ko’rgan bu dunyoning tasvirlari o’lim bilan o’zgaradi va o’lim chog’i tasviri o’rniga Qiyomat kuni va Oxirat kuzatiladi.Alloh nozil qilganidek, inson o’z o’limi bilan uyqudan uyg’ongan kabi uyg’onadi va o’zining tushidan haqiqiy dunyoga o’tgani kabi haqiqiy va abadiy hayotiga o’tadi. Alloh bu dalilni quyidagi oyatda nozil qiladi:
“Albatta, sen bundan g’aflatda eding. Bas, Biz sening pardangni ochdik va bugun ko’zing o’tkirdir” (Qof surasi, 22-oyat)
Hadisda Payg’ambarimiz (s.a.v) ushbu buyuk dalilga “Insonlar g’aflatdadir va o’lim bilan uyg’onurlar” deyish orqali e’tibor qaratganlar. (Imom G’azzoliy, Islom klassikasi 2, Bedir nashriyoti, 18-bet, 36152)