Sizning har oningizni, barcha shaxsiy hayotingizni 24 soat kuzatishni maqsad qilgan bir-biri bilan ulangan beshta alohida “ko’z” bor…
“Besh Ko’z”, ya’ni Angilya, AQSH, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashkil topgan beshta mamlakatning umumiy razvedka tarmog’ining nomidir. Asoslari, Angilya va AQSH orasida 1946-yilning Mart oyida imzolangan razvedka almashish to’g’risidagi bitimi UKUSAga asoslanadi. AQSH va Angilya tomonidan qurulgan UKUSA kelasi yillarda, Ingliz Millatlar Jamiyati ‘Commonwealth’ a’zolari Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyani ham o’z ichiga olib ‘Besh Ko’z’ ittifoqiga aylandi. Shunday qilib, barcha qittalardagi aloqa tirafigini 5 alohida nuqtalardan kuzatgan va bular bilan aloqador ma’lumotlarni bir-biri bilan almashgan katta razvedka hamkorligining asoslari qoyildi.
Besh anglo-sakson mamlakatlarning hamjihatligidan tashkil topgan bu ittifoq, bir-birlariga qarshi josuslik qilmaslik va o’rtalarida har turli razvedka axborotining (birinchi navbatda, SIGNIT nomi berilgan aloqa signal ma’lumotlarining) almashinishi asosiga quruldi. Bu 70 yillik maxfiy ittifoq, qurgan global kuzatuv infratuzilmasi bilan bugun butun dunyo muloqotini kuzatayabdi, tahlil qilayabdi va g’amlamoqda.
Bu besh mamlakatlarning asosiy razvedka xizmatlari ham bu global kuzatuv tizmining asos qisimlarini tashkil qiladi: AQSHning “NSA”, Angilyaning “GCHQ”, Kanadaning “CSEC”, Avstraliyaning “ASD” va Yangi Zelandiyaning “GCSB” tashkilotlari bularning bosh tashkilotlaridir. Shuningdek, bularga bog’liq boshqa o’nlab axborot olish tashkilotlari ham ‘5 Ko’z’ tarmog’ining eng muhim manbalaridir…
Bularning orasida misol uchun, Angilyadagi “RAF” (Royal Air Force) dunyoning eng katta elektronik kuzatuv markazi sifatida bilinmoqda. Bu yerda dunyodagi barcha xabarlashmalarga aralashib (intervensiya) Angilya va AQSH uchun axborot yig’iladi. Bu tizim faqatgina NSA va RAFni o’z ichiga olgani o’ylanganida ‘5 Ko’z’ning razvedka xajmining kuchu va chegaralari yanada yaxshiroq tushunarli bo’ladi.
Ma’lum bo’lgani kabi, 2013-yilda eski bir CIA va NSA ishchisi bo’lgan kompyuter mutaxasisi (eksperti) Edward Snowden tomonidan, 5 Ko’z mamlakatlari o’rtasidagi maxfiy aloqalarning va bular tarafidan amalga oshirilgan global razvedka operatsiyalarining ma’lumotlari oshkor etildi. The Guardian, Washington Post, Der Spiegel va New York Timesda chop etilgan ma’lumotlar 5 Ko’zning noqonuniy kuzatuv va ma’lumot yig’ish operatsiyalarining tafsilotlarini fosh qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Ingliz razvedkasining NSA bilan hamkorlikda tinglaganlari orasida, G20 sammitidagi diplomatlar, Germaniya, Brazilya, va Meksika shu jumladan 35 ta mamlakatlarning davlat rahbarlari, siyosatchilari, BM idoralari, elchixonalar, matbuot tashkilotlari, joy olgan. Ingliz maxfiy xizmatining xiylalari orasida, Iroq urushi boshlangan vaqtda Kofi Annanning ofisining hashorat elktron eshitish jihozi bilan tinglangani kabi hodisalarni sanab o’tish mumkin.
Dunyo miqyosidagi elchixonalarda, harbiy bazalarda, vakolatxonalarda NSA va Ingliz GCHQning suniy yo’ldosh antenalari, eshitish va kuzatish stantsiyalari bor. Bular deyarli barcha mamlakatlardagi xavfsizlik kameralariga kirib foydalanish imkoniyatiga ega. Xitoy qirg’oqlari atrofida aylanib yurgan Ingliz va AQSH kemalari mintaqadagi radio aloqalarni tinglaydilar. Merilenddagi Fort Meade bazasidagi suniy yo’ldosh antenalari esa butun dunyodagi bank operatsiyalarini kuzatadi.
The Guardian gazetasi xabariga ko’ra, Angilya, dunyo miqyosida aloqa ma’lumotlariga kira olish uchun telefon suhbatlarini, SMS xabarlarni va Internet trafikini tashigan qit’alararo 200 ta optik tolali kabellarga yashirin tarizda kirish orqali har xil maxsus shaxsiy ma’lumotlarga erishgan. Ingliz maxfiy razvedka agentligi GCHQ bir vaqtning o’zida bularning 46tasidan ma’lumotlar yig’a oladi.
Kod nomi “Tempora” bo’lgan bu maxfiy dastur, xabar berilgan sanada 18 oydan beri ishlayotgan edi va faqat hattoki bu vaqt davomida to’plangan ma’lumotlarning (telefon qaydlari, sms xabarlari, elektron xatlar, facebook, va boshqalar kabi axborot ma’lumotlari, Internetdan foydalanish, saytlarga kirish qaydlari ...) miqdori ulkan hajmlarda edi. Misol uchun faqatgina bir kunda 600 milyon telefon suhbatlari qayd etilgan. Kunlik yig’ilgan ma’lumotlar hajmi 192ta Ingliz Milliy Kutubxonasidagi ma’lumotlarga teng miqdorda…
Snowden, bu josuslik tarmoqining faqatgina AQSHning ishi emasligini, asil aktyor Angilya ekanligini bildirdi va Ingliz razvedkasining chegara bilmasligiga alohida urg’u berish jihatidan “ANGILYA AQSHDAN HAM YOMON” demoqda.
Tempore kabi, fosh bo’lgan Prism, XKeyscore ham 5 Ko’z foydalangan ma’lumot yig’ish, tahlil, filterlash maqsadli ilg’or texnalogiyali razvedka dasturlari orasidan joy olgan. Bular ko’plab xorijiy mamlakatlarning harbiy va diplomatik muassasalaridagi kompyuter serverlariga, suniy yo’ldoshlariga ulana oladilar. Bir vaqtlar josus filimlariga tez-tez mavzu bo’lgan, yana 5 Ko’z mahsuloti ECHELON esa bularning eng eski va sodda versiyasi.
Ta’kidlashimiz lozimki Yangi Zelandiyaning elektronik kuzatuv agentligi bo’lgan GCSB ham boshqalaridan mustasno emas. Osiyo-Tinch okeani linyasida amalga oshgan aloqa ma'lumotlarini NSAning munozarali XKeyscore dasturi orqali yig’ib katta ma’lumotlar paketlari shaklida Angilyadagi va AQShdagi xo’jayinlariga yetkazib bermoqda. Snowdenning ma’lumotlariga qaraganda; GCSB tomonidan to’plangan bu ma’lumotlarning xavfsizlik tahdidlari bilan aloqasi yo’q. Aksincha, GCSB, josuslik faoliyatlarini Yangi Zelandiyaning do’stlari, savdo sheriklari va eng yaqin Tinch okeani qo’shnilaridan iborat keng ko’lamli mamlakatlarga qaratgan.
Faqat bu maqoladagi ma’lumotlar ham, dunoy miqyosidagi umumiy tushunmovchilikning ziddiga, AQSHning 5 ko’zdan faqatgina biri ekanligi, barcha ko’zlarning bir-biriga bog’liq ekanligi, ularni asil boshqarayotgan miyaning esa yuz yillardan beri o’zgarmasdan Buyuk Britaniya orolida ekanligi haqidagi haqiqatni yana bir marotaba ko’rsatmoqda. Bu miya esa muhit, shart va rejalarga qarab ba’zan oldingi o’ringa chiqadi, ba’zan orqa o’rinda yashirinadi.
5 Ko’zning faoliyatlari, hech qanday qonun va chegara bilmasdan, shaxsiy hayot daxilsizligini mensimasdan butun tezligi bilan davom etmoqda. Bu qorong’u struktura, noqonuniy operatsiyalarini, mustamlakachi harakatlarning barcha turlari kabi, “teror tahdidi”, “xavfsizlik muammosi” kabi stereotiplarning orqasida yashiringan holda amalga oshirmoqda.
Shubhasiz, bu strukturaning asil maqsadi, har doimgidek, dunyo ustudan eng kuchli siyosiy, harbiy va iqtisodiy hokimyatni qo’lga kiritish; zayif, kuchsiz va nochor ommalarni ezib tashlaydigan eng ilg’or ekspluatatsiya tartibini, eng katta, eng keng va ilg’or manfaatlar g'ildiragini qurishdir ...
Bu turdagi ayyorona strukturalar kuchini maxfiyliklaridan oladi. Shuning uchun 5 Eyesga o’xshash strukturalarga eng samarali mujodala ularni fosh qilish va yashirganlarini zulmatlardan yorug’likga chiqarish, shaffoflashtirishdir. Bu mujodalaning muvaffaqiyatli bo’la olishi uchun yaxshilarning ittifoq bo’lishi va bir-birlarini qo'llab-quvvatlashlari kerakdir.
Five Eyes nomi 5 mamlakatlarni o’z ichiga olgan tuzulmani tasvirlash uchun ishlatilmoqda. Bu 5 ko’zga hokim bo’lgan va kelgan ma’lumotlarni baholab “ko’rib chiqilishini” ta’minlash uchun bir miyaga ehtiyoj bordir. Bu miyani izlash kerak bo’lgan yer esa Britaniya orolidir.
Adnan Oktarning The China Post & Daily Mailda chop etilgan maqolasi:
http://www.chinapost.com.tw/commentary/china-post/special-/2016/11/06/483109/THE-SPY.htm
http://dailymailnews.com/2016/11/19/five-eyes-one-brain-the-spy-alliance-is-watching-you/