Hazrati Odam (a.s)dan beri har inson farqli yaratilish, farqli xususiyat bilan yaratilgandir. Har bir insonning barmoq izlari qay shakilda bir biriga o’xshamasa, har insonning tabiati, shaxsiyati ham o’ziga xos yaratilish bilan yaratilgandir. Alloh odamlarni bir-biridan farqli taqdirlar bilan yaratgandir. Har kim o’z shaxsiyatiga, ta’sirchanligiga va kamchiliklariga ko’ra taqdirida yaratilgan turli xil tafsilotlar bilan Alloh tomonidan sinaladi, ta’lim beriladi, ya’ni imtihon qilinadi.
Har inson fitratma-fitrat yaratilgandir. Ayrim odamlar muloyim, rahimdildir. Ba’zi odamlar his-tuyg’uga, qo’rquvga, cho’chuvga yaqindir. Ba’zi odamlar g’azabga yaqindir, ba’zilari esa tez tushkunlikga tushishga; yana ba’zilari esa tortishishga yaqindir. Yana o’nlab misollar keltira olamiz. O’xshashliklari bo’lishi mumkin, ammo aslida har bir inson Alloh huzurida maxsus yaratigandir. Bu Buyuk Rabbimizning yaratish sa’natidagi xilma-xillikdandir.
Imtihon insonga turli xil yo’llardan mutlaqo keladi, chunki dunyo imtihon uchun yaratilgandir. Dunyo oxiratda go’zal ajir bilan mukofotlanishimizni ta’minlash uchun yaratilgan test makoni, sinov yeridir.
Rabbimiz Mulk Surasining 2-oyatida “(U) sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq (savobliroq) amal qiluvchi ekaningizni sinash uchun o'lim va hayotni yaratgan zotdir. U qudratli va mag’firatlidir." deydi.
Shuning uchun ham bu dunyoning kamchiligi hech qachon tugamaydi. Shu sababdan hammasi joyida ketayotganda, hammasi xohishga ko’ra rivoj topayotganda, Alloh u inson uchun bu voqealarni farqli bir shakilga aylantirishi mumkin. Hech kutilmagan bir onda hayotida juda ko’p kutilmagan hayratlanarli voqea-hodisalar bilan yuzma-yuz kelishi mumkin. Boshqa qilmayman degan xatosini inson yana takror qilishi mumkin. Kutilmagan bir onda kasal bo’lishi, molu-mulkidan ajrashi mumkin, ta’rtib bilan rivoj topayotganini o’ylagan hayotining butunlay o’zgarganini ko’rishi mumkin. Bir onda yaqinlaridan uzoqda bo’lishi mumkin; sog’inch bilan imtihon bo’lishi mumkin. Aynan shu nuqtada iymonli inson, tanlovini Alloh taraf qilishi kerak. Muhimi Allohga yuzlanishdir. Allohning xohishini, Islomning foydasiga bo’lganni afzal deb bilish kerakdir, muhimi Islom yo’lida yelkama yelka g’ayrat qilgan Musulmonlar bilan go’zallik ila birgalikda dajjoliyotga qarshi ilim bilan, bilim bilan va fikir bilan mujodala qilishdir.
Har bir inson fitratidagi kamchiligini ketkazishi, ruhini pishitib, sog’lomlashtirishi, ta’mirlashi uchun turli xil voqea-hodisalar bilan imtihon bo’ladi. Agar bir inson iymon keltirgan bo’lsa, bu haqiqatni unutmasdan yuzma-yuz kelgan hodislarning ortida yashiringan ma’noni ko’rishga harakat qilishi kerak. Hech bir go’zallik mashaqqatsiz qo’lga kiritilmaydi. Aslida inson hayotida sinov uchun berilgan bu hodisalar, o’zgarishlar, ilk ondan e’tiboran ko’p vaqt kamchilik deya taxmin qilingan tafsilotlar, Alloh huzurida mudhish xayirlar (yaxshiliklar) bilan yaratilgan, ortida ustun go’zalliklarni saqlagan sirlardir. Insonlarning ko’pchiligi voqea-hodisalarga faqatgina o’zlarining tor doiralaridan qaraganlari uchun, yashayotgan narsalarining hikmatini ko’ra olmaz va tushinib yeta olmaslar. Aynan shu nuqtada mo’minning qadir-qiymati namoyon bo’ladi.
Hikmatini bilmagan mavzusini, Alloh taraf bo’lib, ijobiy baholashni afzal bilgani uchun mo’min inson xayrlidir, qiymatlidir. Shafqat ko’rsatilishga loyiq bir borliqdir. Iymon keltirgan inson sevilishga loyiqdir, chunki u bilmagan biror narsada Allohga yaxshi gumon qilib, Allohning mutlaqo xayir va yaxshilik bilan uni himoya qilayotganiga iymon keltirib yashaydi.
Inson ojizlik ichida, cheklangan ma’lumotlari bilan yaratilgan dunyosidan qaraganida Allohning sirlarini Allohning xohishisiz bilmaydi. Buyuk Rabbimizning cheksiz yaxshiliklar bilan birga yaratgan taqdirning go’zal sayrida, inson eng yuksak xafsizlikdadir; saqlanmoqdadir, himoyalanmoqdadir, kuzatilmoqdadir. Har bir narsa Buyuk Rabbimizning mukammal irodasi ostida, mutlaqo bir xayir va go’zallik ichida sodir bo’lmoqdadir. Bu haqiqat haqida mutlaqo yaxshilab fikir yurutilishi, bilinishi, har doim eslab buning rohatiga, go’zalligiga taslim bo’linishi kerak.
Alloh har bir bandasi uchun mutlaqo yaxshilik xohlar, har zamon yanada yaxshirog’ini istaydi, oxiratda uni cheksiz go’zal bir xafsizlik ichida yashatishni istaydi. Oxirat hayotiga munosib bo’lishlari uchun dunyoda bandalarini sinovdan, ya’ni bir testdan o’tkazadi. Bu, iymon keltirganlar uchun bo’lgani kabi iymon keltirmaganlar uchun ham amal qiladi. Alloh har xil sinovlar bilan insonlarni fikir yuritishga va iymonga yo’llaydi. Dunyodagi ne’matlar va go’zalliklar yana imtihon uchun iymon keltirgan va keltirmagan butun insonlarga taqdim etilgandir, ammo oxiratda oradagi farq aniq bo’ladi va bu ne’matlar faqatgina iymon keltirganlar uchun eng go’zal shakilda yaratiladi. Iymon keltirgan har bir inson Rabbimizning Zuho Surasi, 4-oyatida marhamat qilgani kabi mutlaqo bilishi kerak shudir, “Albatta, Siz uchun oxirat dunyodan yaxshiroqdir”.
Go’zallar go’zali Allohimiz har doim bandalarini avf etishni istaydi, ular uchun yaxshilik, xayir xohlaydi. Dunyodagi har bir narsa, oziq-ovqatdan tortib, texnalogiyalargacha har tafsilot, Alloh tomonidan insonlarga yuqori qulaylik – ne’mat sifatida yaratilgandir. Rabbimiz cheksiz rahimlidir. Rabbimizning Niso Surasi 147-oyatida marhamat qilgani kabi, “Agar shukr qilsangiz va imon keltirsangiz, Alloh sizlarni azoblab nima ham qiladi?! Alloh shukrni qabul etuvchi va biluvchi zotdir.”
Bandalarining qilishi kerak bo’lgan esa, har bir narsada Allohga go’zal tavakkul va sevgi bilan yuzlanishi, chuqur bir iymonga va kuchli bir ruhga ega bo’lish uchun ga’yrat qilishidir. Shuni unutmasligimiz kerakki Allohga bo’yin egish, duch kelingan har bir voqea-hodisada xayirini boshidan darhol naqd qabul qilib, go’zal bir sabir bilan sabir qilish insonning ham o’ziga ham atrofidagilariga huzur-halovat beradi.
Adnan Oktarning News Rescueda chop etilgan maqolasi: