Paleontologiya bilimi, har kuni yer ostidan yangi toshga aylangan qazilma (inglizch-fossil, Ruscha-ископаемое, окаменелость) qazib chiqarmoqda va kashf qilingan har bir yangi topilma bilan birga, evolyutsiya nazariyasi yana yangi mushkilotga, ya’ni chorasizlikga tushmoqdadir.
O’tmishdan hozirgi kunimizga yetib kelgan hayvon qoldiqlari ichida ayniqsa trilobitlar evolyutsionistlar uchun juda g’ashga tegadigandir. Evolyutsionistlar tez-tez tilga olgan, “Dastlab hayot oddiy (sodda) edi; keyinchalik murakkablashdi” da'vosiga, trilobitlar juda kuchli bir zarba bermoqdadir.
Buning sababi, evolyutsionistlar tomonidan hayotning “sodda” bo’lishi kerakligi da’vo qilingan davrda yashagan va nasli qirilib ketgan bu jonlining aslida juda murakkab bo’lishidadir.
New Yorkda kash qilingan 450 miliyon yillik fosil ham, shu sababli evolyutsionistlar tomonidan katta sukunat bilan kutib olindi. G'arbiy Illinoys universitetidan Dotsent. Geolog, Tomas Hegna boshchilik qilgan 3 kishilik jamoa tomonidan o’rganilgan toshga aylangan qazilmaga (inglizch-fossil, Ruscha-ископаемое, окаменелость), evolyutsiya propagandasi qilgan ko’plab nashrlar (radio… eshittirishlar) joy ham berishni xohlashmadi.
Bugungi kunga qadar ko’plab trilobit fosillar topilgandir. Faqat bu fosilni maxsus, ya’ni alohida qilgan, bir toshning ichida 3 o’lchamli o’laroq juda yaxshi xolatda saqlangan va yonida tuxumlari bilan birgalikda kashf etilgan ilk trilobit fosili bo’lganligi va o’xshashining topilmaganidadir.
450 MILION YILLIK TRILOBIT FOSILI
Trilobitlar, artropodlar ichida murakkab tana tuzilishi bilan olimlarni hayratga solgan jonlilardir.
Trilobitning Ko’zidagi Mukammallik
Darvinchilar nuqtai nazaridan trilobitlarni xavfli qilgan aslida ko'z tuzilishlaridir. Bu jonlining ko’zlaridagi texnalogiya, ko'r tasodiflarga asoslangan evolyutsiyasi bilan tushuntira olinmayadigan darajada mukammaldir.
Ko’zlar, ikki tomonlama tasvir paydo hosil bo'lishini oldini olish uchun, bir-biriga mos ravishda bir xil safda optik o’qlari ustiga joylshtirilgan sof kaltsiy karbonatdan (kaltsit) iborat. Shuningdek sferik og’ishlarnng oldini olish uchun, ular bir biriga biriktirilgan juft linzalar bilan qoplangan.
Argentina Milliy Tucuman Universitetidan Guillermo Acenoloza va do'stlari tomonidan 2001-yilda o'tkazilgan tadqiqotda, trilobitlarning ko’rish maydonining juda keng ekanligi va deyarli 360 darajaga yaqin maydonni ko’ra oldiklari bildirilgandir. Boshqacha qilib aytganda, trilobitlar, oldilarini, yonlarini, ustlarini, boshlarining pastki qismini va orqalarini ham ko’ra olgan ko’rishga egadirlar. Hattoki ba’zi trilobit turlarida, yuqori kalsit linzasinig ustida, o'rtada bir bo’rtiq bor. Bu bo’rtiq, uzoqni va yaqinni ko’ra olish uchun ikki alohidagi darajani birgina linzada taqdim etgan ikki tomonlama (bifokal) ko'zoynak kabi ishlaydi. Bu juda keng qamrovli, optik bilim talab qiladi. Har qanday jonlining bu bilimga o’z-o’zidan ega bo’lishi ham, albatta, mumkin emas.
540 million yillik, 520 million yillik, 450 million yillik trilobit fosillarida, sferik shakil sababidan yuzaga kelgan optik nuqsonni, suvning zichligini inobatga olgan holda tuzatish uchun shishaga o’xshash linzalarning borligi va bu linzalarning bugungi kunimiz ko’z shifokorlari (oftalmologlar) tomonidan tavsiya qilingan raqamli ko'zoynaklarning xususiyatlariga ega bifokal (ikki tomonlama) funksiyalarining (vazifalarining) borligi albatta tasoduflar bilan tushuntira olinmaydi. Trilobitlardagi birgina ko’zning ham tasodifan shakillana olishi mumkin emas ekan; ayrim turlarida minglab ko’zlar bor bo’lgan bu jonlilarning vaqt ichida mutatsiyalar natijasida rivojlanganliklarini ilgari surish juda kulgili bo'ladi.
Mutatsiyalar bilan bunday mukkammal tuzilma (struktura)ning millionlab yillik jarayonda o'z-o'zidan mavjud bo’lishini iddo qilmoq; temir bolg'acha olib millionlab yil davomida kompyuterga urganimizda, o’z-o’zidan qolingizdagi kompyuterdan yanada yuqori model kompyuterning paydo bo’lishi mumkunligini iddo etish kabidir. Aqli joyida bo’lgan har qanday inson, bunaqa nochor, ojiz izohni bermaydi. Bu jonzotlarning qanchalik murakkabligi, aqil va vijdon egasi har inson tomonidan juda aniq tushunila oladi.
Trilobitlar bo’yicha mutaxassis, evolyutsionist paleontolog Levi Setti, 1993-yilda chop etgan kitobida3 “Trilobitlar juda aqillilik bilan bir fizik muammosini hal qilganlar va ko’rinib turgan shuki, Fermat printsipini, Abbe Sinus qonuni, Snellning juft (ikkili) sinish kristallar optigi va yorug’likning sinishi qonunlarini bilardilar.” So’zlari bilan bigina trilobit ko’zidagi mukammal darajada ko’rish uchun kerakli optik qonunlarini tafsilotli ro’yxatlagan.
Faqat bu yerda Settin e’tiborsiz qoldirgan bir haqiqat bor. Trilobitlarning bunday qonunlardan xabardor bo’lishi mumkin emas. Bu jonzotlar na Fermatni, na Abbeni, yoki Snellni taniydilar. O’zlaridan millionlab yillardan so’ng yashaydigan insonlar tomonidan kashf qilingan qonunlarni oldindan bilib, bu qonunlar ustida ishlab, o’rganib bu qonunlarga ko’ra, o’zlariga ko’z yasaganlari kabi ifoda, evolyutsionistlarning trilobitlardagi murakkab tizimlar qarshisida qanchalik chorasiz ekanliklarini ko’rsatadi.
Chicago Universitetidan Paleontologiya Professori David Raup4 , trilobitlarning bundayin murakkab ko'zlari, o’zlariga-o’zlari ko’r tasodiflar bilan rivojlantirishlarining mumkin emasligini quyidagi so’zlari bilan ifoda etgandir:
“Trilobitlarning ko’zi, faqat zamonamizning yaxshi ta’lim olgan va juda ham qobilyatli optik muhandisi tomonidan rivojlantira (shakillantira)olinadigan dizaynga egadir.”
Xo’sh, shunday bo’lsa bu murakkab ko’z tizimi qanday qilib hosil bo’lgan? Trilobitlarning bundayin ilg’or optik ma’lumotiga ega bo’lishning mumkin emasligi ravshan ekan; bu optik ma’lumot qayerdan kelgan?
Keling, bu savolga javobni faqat uchta harf bilan izohlaylik: DNK!
DNK, bir Yaratilish kodidur. Har bir jonzotda, uning (jonzotning) tug’ulgan vaqtidan o’limigacha vujudida amalga oshadigan barcha ishlab chiqarish jarayonlarining ma’luotlari DNK deb atalgan yirik ma'lumotlar ba’zasidadir. Trilobitlarning DNKlarida ham barcha bu murakkab ko’z mexanizmlarni insho etadigan (quradigan) optik ma’lumotlari saqlangan. Ammo, DNK yakka o'zi ma’lumotlarning manbaini oshkor qilmaydi. DNK, faqatgina, trilobitlarga yuklangan dasturlarning bir qismidir. Ma’lumotlarning asil manbai, DNK kodini Yaratgan ustun ilim egasi Buyuk Robbimizdir. Chunki DNK, trilobitlarning ko’zlarini insho etadigan har bir hujayraning, insho etishlish jarayonlari, qurilish bosqichlari va sifat nazorati jarayonlari haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Lekin, ko’zlarni insho etish uchun kerakli memoriy rejani amalga oshiradigan aqil DNK ichidan joy olmaydi. Qaysi ma’lumotning qachon ishlatilinishi buyuk aqlini talab qiladi; bu esa Buyuk Allohning har bir jonzotda har on tajalli etgan (ko’ringan) aqlidir.
Barcha bu dalillarning, bizga ko’rsatadigan bitta haqiqat bordir. Mukammal kataksimon ko’zlari bilan trilobitlar, hech qanaqa evolyutsiya nazariyasining bo’lmaganligining isbotidir.
Dunyoda hayot, ustun ilm va aqil egasi Rabbimizning irodasi bilan bir onda boshlangandir. Allohning “Bo’l” deyishi bilan, jonzotlar bugungi murakkab hollari bilan yakka bir onda yaratilganlar, ya’ni evolyutsiyalanmaganlar. Evolyutsiya nazariyasining iddo etgani kabi, millionlab yillar ichida ba’zan buzuq shakil va suratlardan o’tib bugungi ko’rinishlariga kelmaganlar. Ot har vaqt otdir, maymun ham maymundir, sudraluvchilar, qushlar, hasharotlar, daraxtlar, gullar, olmaxonlar hech qanday o’zgarishsiz kunimizga qadar yetib kelganlardir. Alloh barcha mavjudotlarni qusursiz (mukammal) shakilda yaratgandir.
Bu haqiqat, Qur’onda Hashr Surasida xabar qilingandir:
“U - Alloh, yaratuvchi, (eng go’zal bichimda) mukammal bor qiluvchi, (barcha narsaga) surat (va shakl) beruvchidir. Uning go'zal ismlari bordir. Osmonlar va Yerdagi barcha narsalar Unga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat sohibidir.” (Hashr Surasi, 24)
1 https://www.sciencedaily.com/releases/2017/01/170124124905.htm
2 Acenolaza, G., M.F. Tortello, and I. Rabano. 2001. The eyes of the early Tremadoc Olenid trilobite Jujuyaspis keideli Kobayashi 1936. Journal of Paleontology 75(2):346-350
3 Levi-Setti, R. 1993. Trilobites: A photographic atlas (second edition). The University of Chicago Press, Chicago.
4 David Raup, "Conflicts Between Darwin and Paleontology", Bulletin, Field Museum of Natural History, cilt 50, Ocak 1979, s. 24