Arilardan ilhom olinib ishlanb chiqilgan dasturiy ta'minot
ucgen

Arilardan ilhom olinib ishlanb chiqilgan dasturiy ta'minot

52537

Arilar ajoyib qurilish muhandislari bo'lish bilan bir qatorda, ijtimoiy hayotlari va orlaridagi o’zaro aloqa bilan ham olimlarni hayratda qoldirgan tirik mavjudotlardir.

O’n minglab arilar, inlaridagi tartibni qanday saqlashlari, qorong’ulikda qanday xabarlashganlari va qanday qilib tez va qulay eng samarali ozuqa manbalarini topa olganlari xali ham tadqiqot qilinayotgan mavzular orasidadir.

Ozuqa qidirgan qidiruv (razvedka)chi arilar ko'pincha uzoqlarga ketib keng maydonlarni o’rganadilar. Yangi ozuqa manbasini topganlarida esa inlariga tezda qaytib kalonyaga xabar beradilar. Qisqa vaqt ichida boshqa ari a’zolari yo’ldan hech ham adashmasdan, juda tez va qulay ravishda ozuqa manbalariga yetib boradilar.

Kar bo’lgan va bir-biri bilan tovush (ovoz)li aloqa qila olmagan arilar, olimlarni ajablantirgan bir usulda xabarlashadilar. Tasfirlab berishni xohlaydigan yerni “raqsga tushish orqali” boshqalariga tushuntiradilar. Yegulik manbaining inga nisbatan bo’lgan masofasi, yo'nalishi, samaradorligi, quyoshning tushishi, manbaning quyoshga nisbatan joyi va yana sanay ololamaganimiz ko’plab ma’lumot bu raqisdagi tebranishlarda saqlangandir.

Tajribalarda, yegulik manbaini kash qilib iniga qaytgan arilarning davomli tarzada tebranish va raqs harakatlari qilganliklari kuzatilgandir. Faqat, bir dona arining raqsi ila butun in harakatga o’tmaydi. Birinchidan etakchi guruh maydonni aniqlaydi, agar ular ham raqsga tushsalar, ko’pab arilar mo’lja tomon harakatlanadilar. Topgan manbalari qanchalik yaxshi bo’sa shunchalik uzunroq raqsga tushar va yana ham ko’proq tarafdor arilarni yig’adilar. Shu yo’sinda kalonyaning yig’uvchi jamoasining e’tibori doimo eng samarali ozuqa manbasiga qaratilgan bo’ladi.

Arilarning bu xususiyatlaridan foydalangan bir firma, yuk tashish (cargo) transport kompaniyalari narsalarni tarqatishda eng samarali va qisqa yo’l tanlovlarini ta’minlaydigan bir kompyuter dasturiy ta'minotini ishlab chiqdi.

FedEX va UPS kabi (yuk tashuvchi) firmalar o’n yillab millionlab dollar sariflab bu yo'nalish (marshrut)larni belgilaydigan tizimlarni rivojlantirishga harakat qilmoqdalar. Bu tizimlarni rivojlantirir ekan, faqatgina yo’llarni hisoblamaydilar, ayni vaqtda mijozlarga ma’lum bir vaqt oralig’ida yetib borishi kerak bo’lgan pochta (posilka)larni va bir yuk mashinasiga qancha narsa sig’ishi kabi omillarni ham o’ylashlari kerak. Bu hisob kitoblarni qila olish uchun kimdir, har tongda ikki yoki uch soat xaritaga qarab, yuk mashinalarini manzillarga xato qilmasdan yetqazishga harakat qiladi.

Routific nomli firma arilardan ilhom olib ishlab chiqgan algoritm bilan 40% vaqt va yonilg'i tejashga erishidi. Ishlab chiqilgan dastur arilarning gullarga yetib borishi uchun eng munosib yo’lni toparkan foydalangan “ari algoritimiga” asoslanadi. Dastur eng munosib ko’rilgan yo’lni tanlab raqamli  o’lariq uni kuchaytiradi, bu holat xuddi arilarning munosib ko’rgan yerlarni tushuntirakan tebranishlarini orttirishga o’xshaydi. Arilar hech xato qilmas ekanlar, dastur har doim ham eng yaxshi yo’lning tanlanishini ta’minlay olmaydi, chunki eng yaxshi yo’lni hisoblash kunlab davom etishi mumkin. Ammo hech bo’lmaganda juda qisqa vaqt ichida topish mumkin bo’lgan eng yaxshi yo’lni hisoblay oladilar.

Routificning asoschisi bo’lgan Marc Kuo “agar sizda 57 to'xtash joyingiz bo'lsa, 10 ning 57 darajasi turli xil kombinatsiya imkoniyat mavjud” deydi. “Bu raqam 1ning yoniga 57ta nol qo’yish bilan hosil bo’ladi. Oddiy bir algoritim bilan barcha kombinatsiyalarni aralashtiramiz va eng yaxshisini tanlaymiz, odatda buni kompyuterda hisoblash oylab bo’lmasa ham kunlarimizni oladi.”

Arilar esa deyarli fizik va matematik mutaxasislari kabi ham burchakni o'lchayabdi, ham quyoshning egilimiga ko’ra masofani hisoblayabdi hamda hech gapirmasdan va kutib turmasdan boshqa arilarga tushuntira oladilar. Arilarning barcha bu operatsiyalarni o’zlari aqil ishlatib qila olmasliklari juda aniq bir haqiqatdir. Buyuk Alloh ariga bor bo’lgan onidan buyon bu ma’lumotlarni tushunadigan va tushuntiradigan xususiyatlar bilan yaratgandir. Allohning Qur’onda xabar berganidek, arilar Allohning ilhomi bilan harakat qiladilar:

68. (Ey, Muhammad!) Rabbingiz asalarilarga vahiy (buyruq) qildi: "Tog'larga, daraxtlarga va (odamlar) quradigan narsalarga in quringiz.

69. So'ngra turli mevalardan yeb, Parvardigoringiz (siz uchun) qulay qilib qo'ygan yo'llardan yuringiz!" Ularning qorinlaridan odamlar uchun shifo bo'lgan turli rangdagi sharbat (asal) chiqur. Albatta, bunda fikr yuritadigan qavm uchun alomat bordir. (Nahl Surasi, 68-69)

ULOSING
logo
logo
logo
logo
logo