Hujayra oqsillar bilan tirik, hujayrada davom etayotgan hayot, har bir operatsiya uchun maxsus tayyorlangan oqsillar yordamida sodir bo’ladi.
Har bir sut emizuvchi hujayrasida 10 000 dan 20 000 gacha oqsil turlari ishlaydi. Hujayraning sog’lom bo’lishi uchun avvalo bu oqsillar sog’lom bo’lishi shartdir. Shuning uchun hujayra ichidagi sifat nazorati mexanizimlarining mavjudligi kritik muhimlikga egadir.
So’ngi qilingan tadqiqotlar, hujayra ichida oqsillarni nazorat qiladigan, yana oqsillardan iborat sifat nazorati tizmini, o’rtaga chiqardi. Bunga ko’ra nuqsonli ishlab chiqarilgan va zaralangan oqsillar avval sifat nazorati tizmi tomonidan aniqlanmoqda va keyin darhol o’rtadan uzoqlashtirilmoqda edi.
OQSIL TO’G’RI YIG’ILMAGANIDA ZAHARLI TA’SIR QILADI
Bir oqsil minglarcha aminokislotalardan iborat bir zanjir holida ribozomadan chiqadi, ammo o’z ichiga bukulgan 3 hajmli ko’rinishda bo’lmasdan turib funksiyalarini bajara olmaydi. Chaperone nomi berilgan oqsillar bu aminokislota zanjirlarini oladi va soniyalar ichida mo'ljallangan so’ng holatlariga keltiradi va ishlaydigan nano-mashinalarga aylantiradi. Lekin, nozik aloqalar talab etadigan bu molekulyar darajadagi yig’ish bosqichida hatolar bo’lmoqda va aminokislota yig’inlari ham o’rtaga chiqmoqdadir. Bunday nuqsonli oqsillar esa hujayra sog’lig’i uchun jiddiy zarar yetkazadi. Chunki, to’liq yig’ilmagan bu oqsillar, ochiq qolgan aloqalari sababidan atrofdagi boshqa molekulyalar bilan kimyoviy bo’g qila olishi ehtimoli juda kattadir.
Har xil nazoratsiz kimyoviy bog’lanishlarga tayyor, funksiyasiz oqsillar hujayra uchun zararli chiqindilar demakdir. Bu chiqindilarning birikmasi esa hujayra va butun tananing sog’lig’ini tahdid etadi. Surunkali neyron buzulishini chaqirgan Altsgeymer va Parkinson kasalliklari, turli xil yurak kasalliklari, diabet va ayrim saraton turlari hujayra ichidagi sog’lom oqsil muvozanatining kerakli miqdorda ijro etila olmaganligi tufayli rivojlanadi. Nuqsonli oqsillar bir-biriga va boshqa molekulyalarga yopishib ‘birikmaga’ sabab bo’ladilar, shu tufayli sitotoksik ta’sir, ya’ni hujayra ichidagi zaharlanish holati yuzaga keladi. Nuqsonli oqsillar yuzaga keltirgan bu uyumlar, ingichka tolalar, ya’ni ip shaklida bo’lib amiloid birikimi sifatida ham ta’riflanmoqdalar.
Hujayra Ichida 7/24 Ishlagan Kuzatuv va Nazoratqilish Tizimi
Hujayraning sog’lom shakilda vazifalarini bajara olishi uchun keng va samarali sifat nazorat tarmog’i har doim faoliyatda bo’lishga majburdir. Buning uchun nuqsonli oqsillarning yig’ilib hujayradan darhol chetlashtirilishi kerak. Oqsillar tuzulish jihatidan dinamik tuzulishga ega bo’lganlari uchun davomli tarzda kuzatilishlari shartdir. Bu maqsadda bir-biri bilan integratsiyalashgan bir shakilda ishlagan chaperone molekulalari va oqsil buzish mexanizimlari doimiy xizmat vazifasidalar.
Chaperone nomi berilgan oqsillar bukushni ta’minlar ekan, ta’mir va parvarishda ham ro’l oynaydilar. Chaperonelar bu nozik vazifalari sababidan hujayraning ‘texnik nazorat hokimyati’ deb ta’riflanadilar. Boshqa oqsillarni sifat kamchiliklariga qarshi tekshiradilar. Chaperonelar xato bukulganini aniqladiklari buzulgan bir oqsilga ro’para bo’ganlarida esa oqsilni buzush tizmini ishga tushuradilar. Bu ubiquitin-proteazom (oqsilni yakson qilish) tizimidir.
NANO O’LCHAMDAGI CHIQINDI MAYDALASH TIZMI
Oqsil yakson qilish, ketma-ketlikdagi bosqichlar bilan mustahkam nazorat ostiga olingan yakson qilish jarayonidir. Chaperonlarga qo’shimcha sifatida Doa10 ligase fermentining ham zararlangan oqsillarni aniqlagani ma’lum bo’lgan (2). Doa10 fermenti nuqsonli bir oqsilni payqaganida, u oqsilni ubiquitin molekulyasi bilan belgilaydi. Faqat bu yo’q qilish signalini yaratish uchun, birinchi bo’lib Ubc6 fermentining nuqsonli oqsilga ubiquitin molekulyasini ulashi zaruriydir. Bu ilk qadamni ta’qib etib, ya’ni bu ilk qadam ortidan, boshqa bir ferment bo’lgan Ubc7 davraga kiradi va juda ko’p ubiquitindan iborat homogeneous (bir turli) zanjirini hosil qiladi. Zanjir yakunlanganida yo’q qilish jarayoni boshlagan bo’ladi. Ko’rib turganingizdek yo’q qilish signalining boshlanishi uchun ikkita har xil fermentning bor bo’lishi shartdir. (2)
Bu bosqichda 33 kichik birlik va 2 kichik kopmpleksdan iborat proteazom ubiquitinni aniqlaydi va darhol belgilangan oqsilning peptid tugunlarini parchalaydi. Nuqsolni oqsil natijada aminokislotalarga bo’lindi.
Hujayra ichida ishlab chiqarilgan oqsillarning 30% ining nuqsonli bo’lishi faktini o’ylaganimizda bu chiqindi maydalash tizmining naqadar muhim ekanligi yanada yaxshiroq tushunarli bo’ladi. Nuqsonli ishlab chiqarishni bir chetga qo’ying, ishlagan butun oqsillar bir muncha vaqt o’tgach eskirmoqda va ularning o’rinlarini yangilari egallamoqda. Bu esa, eskirgan oqsillarning ham o’sha yo’sinda belgilanib yo’q qilinishlari demakdir.
VUJUDIMIZDAGI HAR TAFSILOT MUHTASHAM YARATILISHGA ISHORA ETADI
Bu yerda juda qisqa mazmunda aytib o’tganimiz va oqsil olamini nazorat qilgan bu aniq nazorat tizimi bo’lmasa edi, hujayra sog’lig’i haqida umuman gapirmas edik. Tanamizni tashkil qilgan 100 triliyon ga yaqin hujayralarning ichida bu o’ta muhim muvozanat tizimi bir xil (ayni) mukammallikda ishlashga majburdir, buni esa ustun bir boshqaruv va muvofiqlashtirish bilan izohlash mumkin.
Ongi bo’lmagan oqsillarning, o’zlari kabi molekulyalar bo’lgan boshqa oqsillarni tekshirishlarini, ya’ni taftish etishlarini, yana ongi bo’lmagan boshqa molekulyalarning belgilangan tartibda shuningdek ketma-ketlikda harakat qilishlarini, yakson qilish tizmining faqatgina kerak vaqti kerakli joyda ishga tushirilishini na tasodiflar bilan na bo’sh fikirlar bilan izohlash mumkin.
Bunday zehinli bosqichlardan birining kamligi hujayraning o’limi bilan natijalanishi juda ravshandir, ya’ni tizimda kamchilik bo’lmasligi va barchasining ayni onda (bir vaqtning o’zida) uyushgan holda ishlashi kerakdir.
Bu esa bizni, hayotni va jonlilarni yaratgan har bir narsaning bilimiga ega ‘yagona’ bir kuch borligi haqiqatiga yetaklaydi. Bu hayron qoldiruvchi, hayajonlantiruvchi kuchning egasi esa barcha narsalarni bilgan, hamma joyga hokim bo’lgan, osmonlardan tortib to yergacha har ishni tartib bilan yaratgan Allohdir.