Duo Rabbimizning Rohman va Rahim ismining juda ustun bir ko’rinishidir, mo’minlarga ulkan bir lutfdir. Chunki inson Allohga duo qilib, Allohga bo’lgan samimiy iymonini, sevgisini va qo’rquvini ifoda eta oladi. Duo orqali mo’minlar Allohga taslim bo’lganini, ularning yagona do’sti va valisi ekanligini, yolg’iz Undan madad umid qilib, Undan yordam so’rashini ko’rsata oladilar. Din axloqidan uzoq jamiyatlarda, Allohga duo qilish har-xil botil e’tiqod va xurofotlar bilan qiyinlashtirilgandir. Insonlar har doim Allohga duo qilishlari mumkin bo’lsada, duo qilish uchun ma’lum vaqtlar belgilagan yoki o’rtaga vositalar qo’yganlar. Alloh bunday botil e’tiqodlarga qarshi, insonlarni quyidagicha ogohlantiradi: (Ey, insonlar,) ogoh bo'lingizkim, xolis din yolg'iz Allohnikidir. Undan o'zga "do'stlar"ni ("iloh") qilib olgan kimsalar: "Biz faqat ularga bizni Allohga yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz" (derlar). Shubha yo'qki, Alloh (qiyomat kunida) ular ixtilof qilayotgan narsalar xususida ularning o'rtasida hukm qilur. Albatta, Alloh yolg'onchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas. (Zumar Surasi, 3)
Allohga duo qilish uchun har-xil vositalar kerak bo’lishini aytgan shaxslar, aslida dinni og’ir qilib ko’rsatib, insonlarni to’g’ri yo’ldan adashtirmoqdalar. Chunki “Albatta, Insonni (Biz) yaratganmiz, (demak,) uning nafsi vasvasa qiladigan (ko'nglidan o'tgan) narsalarni ham bilurmiz. Biz unga bo'yin tomiridan ham yaqinroqdirmiz.” (Qof Surasi, 16) oyatida xabar qilinganidek, Insonga eng yaqin bo’lgan doimo Allohdir. Ya’ni, inson xohlagan vaqti Allohga murojot qila oladi, duo bilan yordam so’ray oladi. Cheksiz marhamat egasi bo’lgan Rabbimiz samimiy qalb bilan duo qilgan qullarining duolariga ijobat etadi. Inson Allohning borligini va yaqinligini his qilib duo qilishi shart. Chunki faqatgina Allohning borligini bilgan inson duoning ma’nosini va ahamiyatini tushunadi. Duoning xususiyati - Alloh bilan qul orasida maxsus va yaqin aloqa barpo etishidir.
Inson barcha muammolari va istaklarilari bilan Allohga yo’nalsa, Unga iltijo etsa, Alloh qullarining iltijosiga javob beradi, duosini javobsiz qoldirmaydi. Duo qilish uchun ma’lum vaqtlarni kutish, alohida duo shakillarini o’ylab topish kerak emas. Har doim, har daqiqa, va har joyda Allohga duo qilsa bo’ladi. Inson yo’lda, zinadan tushganda, xarid qilganda, ovqat tayyorlaganda, liftda, kutganda, kechqurun yotar vaqtida, ertalab turganida, nonushta qilganda, mashina haydaganda, qisqasi har joyda va hamma vaqt, Allohga duo qilib, Allohga istaklarini bildirishi mumkin.
Buning uchun hattoki ko’ngildan o’tkazish ham kifoya qiladi, chunki Alloh insonning ko’ksida yashirgan narsalarini biladi, hamma narsadan xabardordir. Mo’min, Allohning uni eshitishini, ko’rishini, fikirlarini bilishini bilib duo qiladi. Shu sababdan mo’min ichidan o’tkazgan hattoki bir onlik fikirning ham Rabbimizning bilishini anglagan holda, bu muhim ibodat- duo qilishni joy, vaqt tanlamasdan istagan shakilda qila oladi. Duo qilishdek muhim ibodatda Alloh bergan bunday erkinlik mo’min uchun buyuk bir lutfdir.
Duo deyilganda aqilga, insonning Allohni zikir etishi, Allohga nuqsonlarini e’tirof etishi, o’zining va mo’minlarning ehtijoylarini so’rashi, ifoda etishi keladi. Buning uchun esa Allohga nisbatan samimiy bir uslub bo’lishi shart.
Duo mobaynida muhim bo’lgan qulning o’sha vaqtdagi ruhiy holati, ichidagi niyati, samimiyyatidir.
Duo mo’min uchun juda katta ne’matdir. Mo’min qiladigan har bir ishida Allohga yuzlanadi. Ich-ichidan, yolvora-yolvora duo qiladi. Hattoki eng og’ir holatlarda ham, iymonli bir inson umidsizlikga tushmasdan, Allohdan kuch, quvvat va sabr so’raydi. Allohning hamma vaqt har narsaning eng xayirlisini yaratganini bilib, umid va qo’rquv ila faqatgina Allohga yolvoradi.
Allohdan so’ragan hamma narsaning eng xayirli shakilda natijalanishini biladi. Butun kuch Allohning qo’lidadir. Biror narsaning bo’lishi yoki bo’lmasligi yolg’iz Allohning xohishiga bog’liqdir. Mo’min buni bilgan holda Rabbimizga duo qilganida, Alloh u insonning duosiga javob qaytaradi. Rohman va Rahim bo’lgan Alloh, muhtojlikda bo’gan insonlarning doimo o’ziga yuzlanganlaridagina ishlarini qulaylashtirishini shu oyat bilan xabar qiladi: Yoki noiloj odam duo qilgan vaqtida (duosini) ijobat qiladigan va (undan) yomonlik (musibat)ni yo'q qiladigan hamda sizlarni Yerning o'rinbosarlari qiladigan zotmi?! Alloh bilan birga (yana biror) iloh bormi?! Kamdankam eslatma olursizlar! (Naml Surasi, 62)
Adnan Oktarning Gulf Today’da chop etilgan maqolasi:
http://gulftoday.ae/portal/b0a87dec-2d11-463f-81c1-aaa009200e48.aspx