Ko’plab kimyoviy qurollar kabi, an'anaviy qurol-aslahalar ham begunoh aholini o'ldiradi.
ucgen

Ko’plab kimyoviy qurollar kabi, an'anaviy qurol-aslahalar ham begunoh aholini o'ldiradi.

1361

O’tgan asrlarning katta davlatlari, albatta urush borasida hech ham begunoh, ya’ni ayibsiz emaslar. Faqat o'tmishda urushlarning uy-joy (turar-joy) hududlarida emas balki asosan jabhalarda amalga oshirilishi, foydalanilgan qurollarning hozirgilardan farqli bo’lganligi va fuqorolar qurbon bo’lishiga nisbatan ehtiyotkorlik, urushlarni yanada oz o’limli va zararli holatga keltirardi.

 20-asr, juda ko’plab yangi urush va fashist va komunist zehniyat bilan birga keldi. “Irqiy past” aldovi va past irqlarning yashash haqqi yo’q ekanligi safsatasi keng tarqatildi. Bu buzuq mafkuralar odamlarga infyuzya qilinganda, ba’zilar uchun inson o’ldirish onsonlashdi. Bir zumda kuchli bo’lganning tirik qolishi va “so’zda” ustun irqlar boshqargan dunyo rejalashtirila boshlandi. Himoya qilinishin kerak bo’lgan insonlar, ortiqcha ko’rildi. Bu zehniyat falokat keltirdi; 20-asr, ikki qo’rqinchli jahon urushlarini ko’rdi.

 Endi urush shaharlarning ichida edi. Endi fuqorolar ham nishon bo’lagandi. Bu davrning insoniyatga eng iflos meroslaridan biri kimyoviy qurollar bo’ldi. Urush vaqtida ko’klarga ko’tarilgan Churchill kabi ba’zi siyosatchilar, kimyoviy qurollarni ochiqcha himoya qiladigan bo’lishgandi. Hattoki ba’zilari, “so’zda” past irqlar ustida kimyoviy quroldan foydalanishni, ya’ni ularga nisbatan kimyoviy qurollarni ishlatishni qo’llab quvvatlagan, uyaltiradigan nutqlar qilishdan tortinmadi.

  Kimyoviy qurollarning gvineya to'ng'izlari (tajriba to’ng’izlari) esa urush asirlari edi. Asirlar ustidan shafqatsizcha sinovdan o’tkazilgan bu qurollar, falokat ustiga falokat keltirdi. 20-asrning boshlarida amalga oshirilgan I-Jahon Urushida 100 mingdan ziyod askarlarning kimyoviy qurollar tufayli jon berishi natijasida 1925-yil Jeneva bayonnomasi (protokoli) imzolandi. Kimyoviy quroldan foydalanish taqiqlandi; lekin ishlab chiqarilishi, saqlanishi va sotilishi, bu taqiqlanishdan tashqarida qoldirildi.

I-Jahon Urushi vaqtida 124 ming tonna kimyoviy gaz ishlab chiqarildi. Bu mahsulotning 51 ming tonnasi urushda ishlatildi. 1919-yilda Ingliz Havo Kuchlari, Rossiya fuqarolik urushida Bolshevik inqilobchilarga va Mosul (Musul) mintaqasidagi kurtlarga qarshi kimvoviy bombalarni ishlatdilar. O’sha davrning fashist Itlayasi esa Liviyaning ishg'olida qishloqliklarga qarshi, 1935-yildagi Efiopiya ishg’olida esa xalqga qarshi kimyoviz gaz ishlatdi. Efiopiyada kimyoviy gazga duchor bo’lgan 100 mingdan ortiq Habash jon berdi. II-Jahon Urushi vaqtida esa eng ko’p kimyoviy gaz ishlatganlar Yaponlar bo’ldi. Yaponlar, kimyoviy hujumlardan, o’zlaridan past irq deb hisoblagan Osiyo millatlariga qarshi foydalandilar.

 Iroq rejimining 1988 – yilda Xalabjada Kurt xalqiga, kimyoviy qurol hujumidan so’ng bir necha daqiqa ichida 5 ming begunoh hayotdan ko’z yumdi. Iroqning bu hujumda ishlatgan xantal kimyoviy gazi Ingliz olimi Frederick Guthrie tomonidan ishlab chiqilgan. Yana hujumda ishlatilgan nerv gazi VX esa Ingliz firmasi ICI tomonidan II- Jahon Urushidan keyin ishlab chiqilgandi. Sovuq Urush davrida esa NATO, sarin gazini  “standart kimyoviy qurol” deb e’lon qildi. Buning natijasida o’sha davrda AQSH ham Sovet Ittifoqi ham sarin gazini ishlab chiqarishni boshladi. Boshqa halokatli kimyoviy qurollar bo’lgan phosdane va xantal gazlarini esa ilk ishlab chiqgan Ingliz kimyochilaridir.

 Ko’rinib turganidek, bir biri bilan hokimiyat uchun kurash ichidagi madaniyatlar, ayniqsa 20-asrning boshidan beri, kimyoviy qurollarni ishlab chiqib dunyoning turli joylariga servis qilgan edilar. Bu qurollar, qorqinchli va ayyorona shakilda gunohsizlarning jonini olgan, milonlab insonlarning qirg’in qilinishiga sabab bo’lgandir.

 Lekin, barcha bu voqealar sodir bo’lar ekan, Napalm bombalari va an'anaviy qurollar bilan urush va janglar davom etgan; otilgan bombalar insonlarning uylarini vayron qilgan, badanlarini bo’laklarga bo’lib tashlagan. Kimyoviy qurollar qanday xoinlik bilan qo'llanilgan o’lim mashinasi esa, an'anaviy qurollar va bombalar bilan qilingan hujumlar ham xuddi shunday, ayyorona va xoyinona amalga oshirilgan va yana begunohlarni nishonga olgan o’lim mashinasidir. Bugun dunyoda, an'anaviy qurollar sabab bo’lgan oddiy aholi o’limlari, nihoyatda fojiyaviy darajadadir.

 Xalqaro hamjamiyatning kimyoviy qurollarning ishlatilishini kuchli tarzda qoralashi maqtovga sazovordir. Lekin, ko’plab xususiy va nodavlat tashkilotlarning, an’anaviy qurollarga nisbatan nima uchun bunchalik sukut saqlashlari so’roq qilinishi kerak.

 Dunyo axborot vositalarining Suriyadagi so'ngi kimyoviy hujumga "Insoniyatga qarshi jinoyat" bosh sarlavhalari bilan qaydarajada ta’sir ko’rsatganining barchamiz guvohimiz. Bu hujumdan taxminan 1 hafta oldin Damashq, Dera va Idlib viloyatlarida yana begunoh aholining an’ananviy qurollar bilan shahid qilingan hujumlar amalga oshirilgan bo’lsa ham dunyo ayni (kimyoviy qurollar ishlatilganda ko’rsatgan) ta’sirni ko’rsatmadi. BMT xavfsizlik konsuli kimyoviy hujumdan keyin tezda to'plandi, 1 hafta oldin bo’lgan hujum uchun esa hech qanday chora ko’rmadi. Ajabo an’anaviy qurollar olgan begunoh jonlar, endi normal qabul qilinmoqadami, bu holat, Goege W. Bushning adabiyotga qo’shgani (collateral damage) ikkinchi darajali zarar (unchalik ahamiyatga ega bo’lmagan zara) kabi ko’rilib ahamiyatsiz qabul qilinmoqadami? Agar insonlik to’g’ridan to’g’ri bunday bosqichga qarab ketayotgan bo’lsa, jiddiy bir insonlik muammosi borligini ko’rmaslik mumkin emasdir.

 Janglar, o’limlar va ayniqsa begunoh insonlarning ustiga otilgan bombalar normal qabul qilinganida, chuqur vijdon bo’shlig’i hokimiyatidan tashvishlanish kerakdir. Kimyoviy qurollarning insoniyatga qarshi ulkan jinoyat ekanligi haqiqatini izoh etish paytida, bombalar va avtomatik qurollar bilan odam o’ldirishning normallashganini qabul qilish, ulkan falokatlarning eshigini ocha oladi. Dunyoda bunchalik qo’rqinch shakilda qon to’kilar ekan eshitayotganimiz bu sukunat (jim-jidlik) xavotir beradigandir. Urushdan foyda qilgan ba’zi qisimlarning (bo’linmalarning) jamiyatga qabul ettirishga harakat qilayotgan ong osti manipulatsiya, har doim bu usullar bilan yaratilgan. Odamlar hech ham ko’nikmagan narsalarga ko’nikishni, hech ham tarafdor bo’lmagan narsalarga tarafdor bo’lishni boshlaydilar. Bu ayyorona, hiylali, maxfiy tushunchaning yo’lini to’sish (oldini olish) qo’limizdadir.

 Bizning kurashimiz, insonni qiymatsiz va urushni maqul ko’rgan har turli mafkuraning yo’lini to’sishdir (oldini olishdir). Urushlarni buzuq mafkuralar yetishtiradi (kelishtiradi, keltirib chiqaradi), yana o’sha mafkuralar shavqatsizlikni oziqlantiradi. Bizning javobgarligimiz esa, ommaviy qirg'in qurollarini o’zlaricha  “ayibsizlashtirganlarning” (kichk jinoyat deya taqdim etganlarning) o’yinlarining yo’lini to’sish (oldini olish) va urushni kerakli deb hisoblaydiganlarning zehniyatlarini rad qilish, noto'g'riligini isbot qilishdir.

The Arab Weekly:

http://www.thearabweekly.com/?wrid=364

ULOSING
logo
logo
logo
logo
logo